“Axborot xavfsizligi arxitekturasi va konsepsiyasi” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi

  

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tashabbusi bilan «Checkpoint Software Technologies» Ltd (Isroil), «Global Security Shevach Group» Ltd (Isroil), «Yevrotelekom» Ltd (Ukraina) kompaniyalari vakillari ishtirokida “Axborot xavfsizligi arxitekturasi va konsepsiyasi” mavzusiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Seminar haqida qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3855-sonli qaroriga binoan ishlab chiqarishga innovatsion ishlanmalarni joriy etishni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti Axborot xavfsizligi sohasida yetakchi tashkilotlar — «Checkpoint Software Technologies» Ltd va Cyber Gym Control Ltd bilan hamkorlikda ilmiy va texnologik faoliyat natijalari asosida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan qo‘shma kompaniya tashkil etdi. Korxonaning asosiy faoliyati korporativ tarmoqlarni kibernetik tahdidlardan himoya qilish kabi turli murakkablikdagi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash, yetkazib berish va joriy etishdan iborat.

Ushbu seminardan asosiy maqsad, tahlilchilarga axborotni vizual tahlil qilish usulini qo‘llash imkoniyatini yaratib beradigan "IBM i2" kabi dasturiy mahsulotlarni taqdim etish, bugungi kunda bozorning 50% dan ortiqini egallagan geografik axborot tizimlari sohasida muammolarni hal etish uchun ishlab chiqilgan "ArcGIS" dasturiy mahsuloti va «Checkpoint Software Technologies» Ltd va IBM kompaniyalarining dasturiy yechimi asosida ishlab chiqilgan kiber xavfsizlik (SCADA muhofazasini o‘z ichiga olgan holda) sohasidagi muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot va boshqa axborot soxasidagi ishlanmalarni namoyish etishdan iborat.

Tadbirning birinchi qismida biznes va xizmatlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturiy mahsulotlar, shuningdek, tashkilotingizning tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun kerakli yechimlar taqdim etildi.

  

Seminarning ikkinchi qismi axborot texnologiyalari sohasidagi muammolar yechimini muhokama qilish, shuningdek, ushbu sohada texnik ko‘mak berish bo‘yicha birgalikdagi sinov tajriba loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelgusidagi ish rejalariga muxokama qilishga bag‘ishlandi.

Xususan, ilmiy tadqiqotlarda axborot texnologiyalarining holati va rivojlanishi bo‘yicha quyidagi ma’ruzalar taqdim etildi:

1. «NATIONWIDE PROTECTION (NWP): Mamlakatlar, hududlar va aqlli shaharlarni, shuningdek aeroport xududlarini boshqarish tizimi,». Ma’ruzachi: Danni Gechtman, («Checkpoint Software Technologies», Isroil).

2. "Tashkilotning uzluksizligining bir elementi sifatida kompaniyaning axborot tizimlarini tabiiy ofatlarga qarshi kurashish rejasi" Spiker: Dmitriy Rыbakov (TSM, Ukraina).

3. "Checkpoint Software Technologies tomonidan taklif etilayotgan yechimlar" ma’ruzachisi: Erjan Xaliyev (Markaziy Osiyo bo‘yicha hududiy hisobchi).

4. "IBM i2 har qanday sanoatdagi universal tahlil vositasi." Spiker: Dmitriy Rыbakov (TSM, Ukraina).

5. "Korxonangiz uchun IBM xavfsizlik echimlar." Spiker: Valentin Gostev (TSM, Ukraina).

6. "Tashkilotni boshqarish uchun mobil ilovalardan foydalanish tajribasi." Spiker: Omar-Imerelli (TSM, Ukraina).

7. "Aqlli shahar. Aqlli shahar (SmartCity) elementi sifatida, GIS texniologiyasini vodokanal misolida qo‘llash ". Spiker: Andrey Kozlenko (TSM, Ukraina).

8. "Zamonaviy o‘zgarishlar sharoitida IT-mutaxassislarni malakasini oshirish va intensiv o‘qitish". Ma’ruzachi: Evgeniy Bez’yazыkov (O‘M MUK)

Mazkur seminar integratsiya sektori tashkilotlari va korxonalari, biznesni qayta ishlash va axborot xavfsizligi vakillarining O‘zbekiston Respublikasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan eng muhim jihatlarini muhokama qilish imkoniyatini yaratib beradigan tadbirlar sarasiga kiradi.