Umumxalq hayriya hashari
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 07.03.2019 yildagi 20-55-sonli, Ilmiy-tadqiqot muassasalarining sanitariya holatlarini yaxshilash haqidagi buyrug'i va Fizika-texnika institutining 9-sonli buyrug'i, hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Navro'z umumxalq bayramini munosib nishollashning bajarilishini ta'minlash maqsadida. 2019 yilning 9-10 mart va 16-17 mart kunlari O'zR FA Fizika-texnika institutining barcha xodimlari o'tkazilgan hayriya hasharida faol qatnashishdi. Institut hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha choralar ko'rildi, xususan 10 ta mevali daraxt ko'chatlari ekildi.