Prezident sovg'asi

2019 yil 3 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida Ramazon hayiti munosabati bilan turli soha vakillari, shu jumladan ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan ziyolilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev sovg‘alari – xonadonlar topshirildi.

Ziyolilarga va ayniqsa aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amxo‘rliklar muborak Ramazon Hayiti arafasida chinakam sovg‘a bo‘ldi.

Shu jumladan O'zR FA Fizika-texnika instituti rahbariyati ham o'z doktorantlarini uy olganlari munosabati bilan qutlagan holda esdalik sovg'alarini topshirdi.