"Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida o'quv kurslari
2019 yil 13-15 mart kunlari "IP-Center" o'quv markazi raxbariyati tomonidan tashkillashtirilgan "Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida 18 soatlik o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda.
O'quv kursining birinchi kunida Allayorov V.J. tomonidan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar milliy va xalqaro muhofazasi" mavzusida ma'ruza bo'lib o'tdi. Ushbu ma'ruzada tinglovchilar sifatida institut professorlari va yosh olimlari ishtirok etishdi. Ma'ruza yuqori saviyada o'tkazildi va milliy va xalqaro darajada institut yosh olimlari intellektual mulk obyektlari sifatida o'z ishlanmalarini muhofazalash bo'yicha bilimlarga ega bo'lishdi.
Shuningdek, 14 mart kuni "Intellektual mulkni baholash; Intellektual mulk obyektlarini boshqarish tamoyillari", "Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi" mavzusida ma'ruza bo'lib o'tadi, ma'ruzachi Abduraxmanov I.Y.
15 mart o'quv kursining oxirgi kunida "Intellektual mulk obyektlariga (Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, kompyuter dasturlari) bo'lgan huquqlarni rasmiylashtirish" mavzusida ma'ruza o'tkaziladi, ma'ruzachi Umirova M.E.