Fotoelektronika

Laboratoriya: Fotoelektronika

Laboratoriyaning asosiy faoliyati:

Kimyoviy-molekulyar nurlar o‘stirish usuli bilan xalkogenid materiallarga asoslangan yangi, yuqori samarali quyosh elementlarini ishlab chiqarish uchun fizik-texnologik asoslarni yaratish.

Xalkogenid elementlar va ular asosidagi heterostrukturalarning fizik xususiyatlarini mukammal o'rganish va ularning amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini ochib berish.

Laboratoriyada 11 nafar xodim, shu jumladan: 8 ta ilmiy tadqiqotchi (2 ta fan nomzodi, Ph.D.), 2 ta muhandis va texnik xodimlar mavjud.

Laboratoriyaning asosiy faoliyati xalkogenid elementlar va ular asosidagi heterostrukturalarni ishlab chiqarish uchun ilmiy-texnologik asoslarni ishlab chiqish, shuningdek, ular asosida yuqori samarali quyosh elementlaring laboratoriya namunalarini ishlab chiqarish uchun ularning fizik xususiyatlarini to'liq o'rganishdir. Laboratoriyada xalkogenid elementlar va ularga asoslangan quyosh elementlari ishlab chiqarish uchun birlamchi texnologik qurilmalar mavjud bo'lib, olingan qurilmalarning elektrofizik va optik parametrlarini tahlil qilish va tekshirish uchun tegishli uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa tegishli texnologik jarayonlarni takomillashtirish va ishlab chiqarilgan elementlarning xususiyatlarini yaxshilash imkonini beradi. Tadqiqotlar yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar yordamida olib borilmoqda.