Yutuqlar
Institutning 2017 yilda erishgan yutuqlari
2017-yil yakunlariga ko'ra 65 ta ilmiy maqolalar, shulardan 45 tasi - taniqli xorijiy jurnallarda (Intern.Journal of Modern Physics, Phys.Rev., Phys.let., Computational nanotechnology, Applied Solar Energy va hokazo) chop etildi. Xorijda o'tkazilgan ilmiy anjumanlar to'plamlarida 11 ta ma'ruza, respublikada o'tkazilgan ilmiy anjumanlar to'plamlarida esa 83 ta ma'ruza chop etildi. UNESCOning ilmiy dasturi doirasida "Barqaror rivojlanish uchun quyosh energetikasi texnologiyalari sohasida ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlash bo'yicha o'quv kurslari" o'quv qo'llanmasi chop etildi (№8290113451, Toshkent 2017, 119-bet.).
2017-yil 13-14 iyun kunlari Institut tomonidan "Fundamental va amaliy fizika masalalari" mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Anjumanda 2 kun davomida 130 dan ortiq olimlar, xususan 5 ta xorijiy davlatdan (Singapur, Shvetsariya, Xitoy, Rossiya va Ozorbayjon) 8 ta olim ishtirok etishdi.
2017-yilda institut tomonidan 7 ta patent qo'lga kiritildi va 3 ta patentga ariza topshirildi. Institut xodimlari O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan e'lon qilingan “YANGI INTELLEKT-2017” konkursida quyidagi nominatsiyalar bo'yicha faol ishtirok etishdi: eng yaxshi ixtiro, eng yaxshi foydali model, EHM va ma'lumotlar bazasi uchun eng yaxshi dastur, eng yaxshi seleksiya yutug'i va yoshlar o'rtasida EHM uchun eng yashi datur muallifi. "Eng yaxshi foydali model" nominatsiyasi bo'yicha N.R. Avezova 1-o'rinni, "Eng yaxshi sanoat namunasi" nominatsiyasi bo'yicha esa M.N. Tursunov 2-o'rinni egalladi.
2017-yilda N.R. Avezova Springer-Nature nashriyoti tomonidan O'zbekistonda eng ko'p chop etiladigan muallif deb tan olindi va maxsus "Springer Nature Awards " sertifikati bilan taqdirlandi.
2017-yilda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan APPLIED THERMAL ENGINEERING jurnali sifatiga qo'shilgan hissasining e'tirofi sifatida "Taqrizlashga qo'shgan mislsiz hissasi uchun sertifikat" bilan taqdirlandi.
2017-yilda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan RENEWEABLE ENERGY jurnalining taqrizi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2017-yil fevralda Avezova Nilufar Rabbanakulovna ELSEVIER nashriyoti tomonidan APPLIED THERMAL ENGINEERING jurnalining taqrizi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3151 sonli qaroriga muvofiq institut va Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o'rtasida ilmiy izlanishlar va ilmiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish sohasida birgalikda ish olib borish bo'yicha kelishuv imzolandi.
O'zR FA Navoiy bo'limi bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo'nalishida birgalikda laboratoriyalar tashkil etish va asbobsozlik bo'yicha memorandum va kelishuv imzolandi.
O'zR Vazirlar Mahkamasining 17.03.2017y. dagi 49-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan korxonalar bilan ularning ilmiy-texnologik muammolarini hal etish bo'yicha ilmiy-texnik mahsulotlar yaratish uchun 4 ta litsenziya kelishuvlari imzolandi.
1. "Tashelektromash" MChJ ishlab chiqarish korxonasi bilan maxsus bo'lmagan litsenziyani "Quyoshiy issiqlik ta'minoti va havo haroratini bir xilda saqlash tizimi"ni ishlatishga o'tkazish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
2. "MIR SOLAR" MChJ bilan yassi quyoshiy suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
3. "Star Solar" kompaniyasi bilan quyoshiy suv isitish kollektorlarini ishlab chiqarish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi;
4. "Adolat Zamin Yog'dusi" fermer xo'jaligi bilan "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va quritish uchun quyoshiy birlashgan kompleksi"ni ishlatishga maxsus bo'lmagan litsenziyani sotish bo'yicha litsenziya kelishuvi imzolandi.