Abduxamidov Diydorbek Ulug’bekovich
1977 yilda tug’ilgan.
2015 yildan O’zR FA Fizika-texnika instituti mustaqil izlanuvchisi hisoblanadi.
2017 yildan boshlab O’zR FA Fizika-texnika institutida umumiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Telefon: (ish) +998-(71)-235-41-81
e-mail: diydor_abduxamidov77@mail.ru
1995-1999 yy. – Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti. Bakalavr darajasi.
2013-2015 yy. – Toshkent Arxitektura-qurilish instituti. Magistr darajasi.
Ilmiy faoliyati:
Hozirgi vaqtda «Past haroratli faol quyoshiy isitish tizimlarini tanlash, ulashning sxemalarini va issiqlik parametrlarini asoslash» dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy izlanish olib bormoqda.
Olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijasida quyidagilarni ilshab chiqish va joriy etish kutilmoqda:
- ob’ektning quyoshiy issiq suv ta’minoti tizimini ishlab chiqish. Ushbu tizimdan aprel-oktyabr oylarida foydalanish orqali 80 % ga sarflanayotgan birlamchi yoqilg’i-energetik resurslarni tejash imkonini beradi;
- ob’ektni ishitish uchun energofaol shaffof devorli insolyatsion isitish tizimini ishlab chiqish. Ushbu tizimdan isitish davrida foydalanish sarflanayotgan birlamchi yoqilg’i-energetik resurslarni 40 % ga tejash imkonini beradi;
- ob’ektni isitish uchun quyoshiy nurli-panelli (polga o’rnatilgan) isitish tizimidan foydalanish orqali sarflanayotgan birlamchi yoqilg’i-energetik resurslarni 50 % ga tejash mumkin.
Nashr qilingan ishlari:
15 dan ortiq ishlari nashr qilingan, shu jumladan, 8 ta maqola chet elda chop etilgan.