Voxidov Akmal Ulashevich
1986 yil 27 iyulda tug‘ilgan.
Fizika-matematika fanlari falsafa doktori
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
O‘zR FA FTI ma’muriyat binosi, 14 xona.
Tel.: +998-(71)-235-40-82.
e-mail: abdulhaev@uzsci.net
Ilmiy faoliyati:
- Yarimo‘tkazgichli asbobsozlik sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar;
- YoFA-Ftex-2018-204 raqamli loyiha asosida fotometrik shar asosida sust yutilish chiziqlarini qayd qilishning yangi usulini ishlab chiqish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib bormoqda.
- Sanoat, tibbiyot informatika, aloqa va boshqa sohalardagi turli qurilmalar uchun yarimo‘tkazgichli asboblar bazasini ishlab chiqish va yaratish;
- spektrofotometrik tizimlar uchun yangi turdagi keng spektral sohada sezgirlikka ega fotoqabulqilgichlarni, optik nurlanishning quvvati va to‘lqin uzunligini o‘lchagichlarni va kriogen texnika uchun termodatchiklar ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
- Yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish sanoatida ishtirok etish;
- «FOTON» AJ sanoat diffuziya pechlarida diffuziya jarayonlarini boshqarishning optimal uslubini sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda.
- Yangi yarimo‘tkazgichli materiallar va strukturalar olish texnologik asosini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- lateral o‘stirish usuli asosida turli yarimo‘tkazgich materiallarning yuza bo‘yicha bir jinsli va yupqa epitaksial qatlamlarini o‘stirish imkonini beruvchi suyuq fazadan epitaksiya qilishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda.
Ilmiy ishlari – 80 dan ortiq, shu jumladan:
- chet el monografiyasida 1 ta bob;
- 8 ta ixtiro uchun patent;
- 44 ta ilmiy maqola.