Avezova Nilufar Rabbanakulovna

Texnika fanlari doktori, katta ilmiy hodim    

2011 yilda «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 

2014 yilda ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi uchun «Shuhrat ordeni» bilan mukofotlangan. 

2017 yilning 2 avgust sanasidan boshlab O’zR FA «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Ilmiy tadqiqot sohasi:   Qayta tiklanadigan energetika. 

Professional assotsiatsiyalarda a’zoligi:

O’zR FA «Fizika-Quyosh» IICHBsi bosh direktori

«Applied Solar Energy» xalqaro ilmiy jurnal ma’sul kotibi

«Quyosh energiyasi xalqaro instituti» MCHJ bosh maslahatchisi

«Mir Solar» MCHJ bosh maslahatchisi

ELSEVIER tahririyati hamda «Альтернативная энергетика и экология» xalqaro ilmiy jurnali taqrizchisi 

 

Erishilgan yutuqlari:

Quyosh energiyasidan issiqlik ta’minoti tizimlarida foydalanish sohasida bajarilgan ilmiy izlanishlarningnatijalari asosida 150 dan ko’proq ilmiy maqolalar, monografiya, 12 ta patent, ulardan 7 ta dasturiy mahsulotdir.

Uning ilmiy rahbarligida 10 dan ziyod magistrlik dissertatsiyalari himoya qlingan, shogirdlari orasidan Prezident davlat stipendiyasi va «Beruniy» davlat stipendiyasi sovrindorlari mavjud. Shuningdek, Qayta tiklanadigan energiya manbalari yo’nalishi bo’yicha 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlangan.

2017 yilda O’zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan e’lon qilingan “YANGI INTELLEKT-2017” ko’rik tanlovida «Eng yaxshi foydali model» nominatsiyasida N.R.Avezova boshchiligidagi bir guruh olimlar 1-o’rinni egallashgan.

2017 yilda N.R. Avezova Springer-Nature tahririyati tomonidan O’zbekistondagi eng faol chop etuvchi muallif sifatida e’tifor etilgan, hamda «Springer Nature Awards» maxsus sertifikati bilan taqdirlangan.